Hamidjon Aktamov: “Paxtakor” bizga imkon bermadi

  • 1 avgust, 2019, 18:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 15-turida “Qizilqum” o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi - 0:5. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagi fikrlarni bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- «Paxtakor» O‘zbekistonning bayroqdor jamoasi va ayni paytda chempionat peshqadami hisoblanadi. Raqib tarkib jihatdan shubhasiz eng kuchli jamoa hisoblanadi. Shunga qaramay biz ham uchrashuvga jiddiy hozirlik ko‘rgandik. Biroq tajribali raqibimiz o‘zi yaratgan imkoniyatlarni golga aylantirdi, bizga esa imkon bermadi. Statistikaga qarasak biz ham zarba berishda raqibdan ortda qolishmaslikka urindik. Ammo Suyunov eng kerakli pallada jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Ikkinchi davra endi boshlandi. Keyingi o‘yinlarda muxlislar ishonchini qozonishga urinamiz, - dedi Hamidjon Aktamov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!