Hamma yomon ko‘rsa ham o‘ynayveradi

  • 17.10.2022 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” rahbariyati shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jaka bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Bir yil muqaddam klub mutasaddilari va muxlislari tajribali futbolchining ketishini istayotgan edi. Jaka qo‘pol o‘yini tufayli ko‘p marotaba maydonda haydalib, jamoani qiyin ahvolga solib qo‘yishi, omadsiz xatti-harakatlari bilan ashaddiy muxlislar jig‘iga tegib kelardi.

Mikel Arteta qo‘l ostida Granit Jaka o‘zini o‘nglab oldi. Ayni paytda u “kanonirlar” safida maydon markazining eng muhim o‘yinchilaridan biriga aylangan.

Klub xo‘jayinlari Qatardagi jahon chempionati yakunlanishi bilan Granit Jakaga yangi bitim taklif qilinishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!