
Hamrobekov sobiq jamoasi mashg‘ulotlarida (Foto)
O‘tgan mavsumni BAA chempionati "Shabab Al-Ahli" jamoasi safida o‘tkazgan yarim himoyachi Odil Hamrobekov "Paxtakor"ga qaytishi to‘g‘risida avval xabar bergan edik.
Klub matbuot xizmatining 12-tur "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin oldi mashg‘ulotilaridan yuklagan rasmida Hamrobekov "sherlar" safida shug‘ullanayotganini ko‘rish mumkin. Katta ehtimol bilan, Odil ikkinchi davrani sobiq jamoasida boshlaydi.
Yarim himoyachi dubayliklar safida 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar