Hamyurtimiz Islom Ahmedov yilning eng yaxshi murabbiyi!

  • 2 dekabr, 2024, 11:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qirg‘iziston premer-ligasida bu yil ham hamyurtimiz Islom Ahmedov boshqaruvidagi “Abdish Ata” klubi chempionlikni qo‘lga kiritdi. 27 ta o‘yinda 22 g‘alaba 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi. 65 ta gol urib, 15 ta to‘p olib chiqqan holda 69 ochko jamg‘arib yaqqol peshqadamlikni saqlab qoldi. Yaqin ta’qibchisini 10 ochkoga orta qoldirdi. Shunday qilib, Islom Ahmedov “Abdish Ata”ni ketma-ket ikkinchi yil mamlakat chempionligiga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Mavsum yakuniga bag‘ishlangan “KPFL Awards 2024” eng yaxshilarni taqdirlash marosimida hamyurtimiz Islom Ahmedov yilning eng yaxshi murabbiy deb topildi va unga maxsus statuetka topshirildi. Ya’ni, hamyurtimiz Qirzig‘iston premer-ligasining eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, uning shogirdlari – “Abdish Ata” darvozaboni Marsel Islamqulov eng yaxshi darvozabon, Atay Jumashev eng yaxshi to‘purar hamda Kayrat Jirgalbek Uulu liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!