Hamyurtlarimiz ishtirok etayotgan “Thailand Open” turnirining yarim final janglari yakunlandi

  • 30 may, 18:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Tailand davlatining Bangkok shahri boks bo‘yicha “Thailand Open” xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqaning bugun yarim final janglari o‘z yakuniga etdi. Mazkur bosqichga 16 nafar  bokschimiz etib kelgan edi, ulardan 9 tasi finalga yo‘l olishgan bo‘lsa, qolgan 7 nafar vakilimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Finalchilarimiz bilan tanishing:

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-55 kg: Faryozbek Do‘smatov
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-75 kg: Javohir Abdurahimov
-85 kg: Nusratbek Tohirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-51 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Feruza Kazakova
-75 kg: Aziza Zokirova

 

Bronza medali sohiblari:

-60 kg: Madiyar Daniyarov
-80 kg: Samandar Jalolov
-90 kg: Elyorbek Jo‘raboev
+90 kg: Abdurahmon Rustamov
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Oysha Toirova

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
30/05/2025 20:25
Barakalla! Sportchilarimizga omad tilayman.