Hamyurtlarimiz ishtirok etgan "ACA 203" turniri yakunlandi

  • 09.05.2026 01:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimiz nufuzli MMA turnirlaridan biri "ACA 203" turniriga mezbonlik qildi. E’tiborliisi, ushbu oqshomda hamyurtlarimiz ham oktagonga ko‘tarildi. Quyida mazkur kechada qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Aren Akopyan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra A’zam Gaforovni mag‘lub etdi (49-46, 49-46, 50-45);

Faridun Odilov Dauren Ermekovga hech qanday imkon qoldirmadi (30-27, 30-27, 29-28);

Firdavs Zaripov 2 raundda Xolmurod Nurmatovni sabmishn evaziga yengdi;

Alimardan Abdykaarov ochkolar bo‘yicha Jambulat Selimxanov ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 29-28);

Edil Yesengulov 3-raundda Ibrohim Magomedovni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi;

Ali Abdulxalikov Amir El’jurkaevni 1 raunddayoq nokautga uchratdi;

Zumso Zuraev 1-raundda sabmishn bilan Klidson Abreu ustidan zafar quchdi;

Alihan Musayev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Furqat Komilovni yengdi (29-28, 29-28, 30-27);

Nemat Abdurashitov ochkolar bo‘yicha Apti Bimarzaevdan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Mahdi Orzuzoda hakamlar qarori bilan Anvar Abdullaevni taslim etdi (30-27, 30-27, 29-28);

Mehdi Dakaev 2 raundda Nikita Podkovnikovni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi; 

Sharif Kushaev ochkolar bo‘yicha Ali Alkaisi ustidan g‘alaba qozondi (29-28, 29-28, 29-28);

Shamil Boraev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Shergazi Kenzhebaevni yengdi (29-28, 29-28, 30-27);

Tagir Magomedov ochkolar bo‘yicha Aleksey Kunchenkodan ustun keldi (29-28, 28-29, 30-27);

Mehroch Mamadshoev  hakamlar qarori bilan Jadal Alibekov ustidan zafar quchdi (29-28, 28-29, 29-28);

Oyatullo Mo‘minov Azat Kochorovga imkon qoldirmadi (29-28, 29-28, 29-28);

Xasan Dadalov Kazakbay 2 raund Tilenovni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!