Hamzat Chimaev va Kamaru Usmanning ehtimoliy jang sanasi ma’lum!

  • 24 may, 2023, 10:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasi yulduzi Hamzat Chimaev(12-0) va sobiq chempion Kamaru Usman (20-3) o‘rtasidagi jang 21 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiluvchi "UFC 294" turnirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Tecno

Bu borada Chimaev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan. Avvalroq Dana Uayt ushbu jangni tashkil qilishga qiziqmayotganligini aytib o‘tgandi. Voqealar rivoji ushbu to‘qnashuv amalga oshishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, Hamzat Chimaev Dubayda O‘zbekistonlik murabbiy Husan Majlimov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!