Haqorat qilingan Vinisiusga “Real”dan ketishni aytishdi

  • 22.05.2023 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vinisius Junior keyingi paytda “Real”ning haqiqiy etakchisiga aylandi. Klub rahbariyati braziliyalik hujumchining imkoniyatlarini Kilian Mbappedan yuqori baholagan paytlar ham bo‘ldi.

Biroq Vinisius irqchilar tomonidan haqorat qilinayotgan holatlar ko‘payib bormoqda. Xususan, Ispaniya chempionatining 35-turida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda fanatlar tomonidan yana tahqirlandi.

ESPN.com saytining yozishicha, Vinisius Junior atrofidagi yaqinlari unga “Real”dan ketishni taklif qilmoqda.

Vinisius 2018 yildan beri Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana bir mavsum davom etishi kerak. Klub hujumchiga yangi shartnoma bermoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Анвар Ширинов
22/05/2023 16:45
Шунчалик ҳам эътиборсизлик билан ёзиш мумкинми? Сизларни кўпчилик ўқийди.
&
shohrux
22/05/2023 13:36
Ту́гирлаб ёзингсизлар илтимос имло хато ку́пайиб кетебди борган сари