Hasanboy Do‘smatov Rossiyadagi turnirni tark etdi

  • 16 aprel, 14:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi vakillari o‘rtasida qiziqarli bahs bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

Tecno

Ya’ni ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov 54 kilogramm vazn toifasida ukasi Faryozbek Do‘smatovga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq tashkilotchilar Hasanboy ushbu jangdan bosh tortganini ma’lum qildi va g‘alabani Faryozbekka taqdim etishdi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda 54 kg da bizning printsipial raqibimiz - Qozog‘iston sharafini 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi Saken Bibosinov himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
17/04/2025 05:46
Укасими