Hasanboy Do‘smatov yangilangan WBO reytingiga kiritildi. Olimjon Nazarov va Shohjahon Ergashev esa yuqoriladi...

  • 24.07.2022 12:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Jahon boks tashkiloti (WBO) iyul oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi.

Super engil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi 9-o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab, 8-o‘rinda qayd etildi.

O‘ta engil vaznda (50,8 kg) Olimjon Nazarov ham 4-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg) reytingiga kiritilib, 7-o‘ringa joylashtirildi.

Ushbu yo‘nalish top 15'ligida boshqa o‘zbek bokschilari qayd etilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!