Haydarovning jamoasi so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Bugun BAA Pro-ligasida 10-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Aziz Haydarov to‘p suradigan "Ajman" klubi bu tur o‘z maydonida "Al-Vaxda"ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinning 90-daqiqasida Maiga tomonidan kiritilgan gol mezbonlarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
10 o‘yinda 9 ochko jamg‘argan "Ajman" turnir jadvalining 9-pog‘onasida bormoqda.
BAA Pro-Ligasi. 10-tur
"Ajman" - "Al-Vaxda" 2:2.



Fikrlar