Hech qaysing kerak emassan: “Arsenal” 20 ta futbolchi bilan xayrlashdi!

  • 5 iyun, 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida yana chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmagan “Arsenal” klubning deyarli barcha jamoalari tarkibida katta tozalash o‘tkazyapti.

Tecno

Xususan, klub asosiy jamoadan tortib, yoshlar va qizlar tarkibida o‘ynayotgan jami 20 nafar futbolchi bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta ustozlik qilayotgan birinchi jamoadan to‘rt nafar mashhur futbolchi ketdi. “Kanonirlar” himoyachi Kiran Tirni, yarim himoyachi Jorjino, darvozabon Neto va hujumkor futbolchi Rahim Sterlingga javob berib yubordi.

Ta’kidlash joizki, Neto va Sterling mavsum boshida boshqa klublardan ijaraga olingan edi. Ularning mahorati Mikel Artetani qoniqtirgani yo‘q. Bu o‘yinchilar o‘zlari kelgan “Bornmut” va “Chelsi”ga ketdi.

Yana bir nomdor futbolchi Tomas Partining ham kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.   Ganalik yarim himoyachining shartnomasi bir necha kundan keyin tugaydi. Ayni paytda tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!