Here we go! Asensio "Aston Villa" futbolchisi

  • 2 fevral, 03:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ a’zosi Marko Asensio APLga ko‘chib o‘tmoqda. Uni "Aston Villa" o‘z tarkibiga ko‘shib olishga juda yaqin turibdi, deya xabar beryapti insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi borasida tomonlar kelishuvga erishdi. 29 yoshli ispan birmengimliklar safiga ijara asosida o‘tadi. Asensio yakshanba kuni Angliyaga etib kelishi kutilmoqda. 

Markodan tashqari "Aston Villa" Markus Reshford va Joau Felish transferlari ustida ham ish olib bormoqda. Bu o‘yinchilar bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olishish qiyin bo‘lmaydi. Klublar bilan esa muzokaralar davom etmoqda. 

Asensio 2023 yilning yozida PSJga erkin agent sifatida kelgandi. Oradan bir yarim yil o‘tganidan keyin u jamoani tark etyapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!