
Here we go! Depay "Korintians" futbolchisi
O‘tgan mavsum so‘nggida "Atletiko" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Memfis Depay o‘ziga Evropadan klub topa olmadi. Shundan keyin futbolchi faoliyatini Braziliyada davom ettirishga qaror qildi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, hujumchi "Korintians" bilan kelishuvga erishib bo‘ldi. U bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi. 30 yoshli strayker Niderlandiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘ldi va Braziliya tomon yo‘lga chiqqan. Tez orada transfer rasman e’lon qilinadi.
Depay PSV, "Manchester Yunayted", "Lion", "Barselona", "Atletiko" kabi klublarda to‘p tepishga muvaffaq bo‘ldi. Endi uning Evropaga qaytishi qiyin masala.
Fikrlar