Here we go! Subimendi - "Arsenal" futbolchisi
"Real Sosedad" klubi yarim ximoyachisi Martin Subimendi Londonning “Arsenal” jamoasi bilan deyarli kelishuvga erishdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga qaraganda, "kanonirlar" ispaniyalik yarim himoyachi bilan uzoq muddatli shartnomaga kelishib olgan. Faqatgina uni e’lon qilish qoldi, xolos. "Arsenal" futbolchi uchun san-sebastiyanliklar hisob raqamiga 60 million evro o‘tkazib beradi.
Ma’lumot uchun, Subimendi bu mavsum 32 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va yana shuncha samarali uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Ulug‘bek Hoshimov



Fikrlar