Here We Go! Trent Aleksander-Arnold "Real Madrid" futbolchisi

  • 5 may, 14:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold "Real Madrid" futbolchisi deb e’lon qilmoqda, taniqli jurnalist Fabritsio Romano. 
 
Mashhur jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, mersesaydliklar angliyalik himoyachini jamoadan ketishini rasman, deb e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, Trent Madridning "Real" klubi bilan to‘liq kelishuvga erishdi. Ma’lumotlarda keltirilishicha, shartnoma 5 yillik bo‘lishi kutilmoqda. 
 
Ushbu xayrlashuv haqida Arnold o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 
 
"Menimcha, uzoq yildan keyin jamoam bilan xayrlashish vaqti keldi. Bu men qabul qilgan eng qiyin qaror edi" - deya ta’rif berib o‘tdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli qanot himoyachisi joriy mavsum 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!