Hindistondagi legioner bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishdi

  • 5 dekabr, 2019, 15:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Avval xabar berib o‘tganimizdek, bir qator bokschilarimiz Hindiston jamoalarida legioner sifatida jamoaviy turnirda ishtirok etayotgan edi. Ya’ni Hindistonda havaskor boks bo‘yicha shahar jamoalari o‘rtasida o‘ziga xos “Big bout league” deya nomlanuvchi musobaqa tashkil etilgan. Mazkur turnirning dastlabki to‘qnashuvlarida hamyurtimiz Jahongir Rahmonov Manoj Kumarga mag‘lub bo‘lgan edi.

Abdumalik Xalakov esa raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagandi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu turnirda yana bir sovrindor bokschimiz Jasurbek Latipov ham ishtirok etmoqda. Kecha, ushbu turnirning navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu safar Jahongir Rahmonov harakat qilayotgan “Odisha Warriors” hamda Jasurbek Latipovning “Gujarat Giants” jamoalari kuch sinashishdi.

Afsuski, Jasurbek bizga yaxshi tanish bo‘lgan Amit Pangalga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jahongir esa ikkinchi jangida Duryatxon Singxni mag‘lub eta oldi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib  boring...

photo_2019-12-04_21-59-39

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сурхон Барлос
05/12/2019 17:26
руҳингни туширма