Hindistondan qo‘polroq va kuchliroq O‘zbekiston (O‘yin statistikasi)

  • 18.01.2024 21:38
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Termamiz safida dastlab Abbosbek Fayzullaev 4-daqiqada bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeev darvoza ustunidan qaytgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Taym so‘nggiga yaqin Nasrullaev yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 

Bellashuv davomida vakillarimiz, xavfli vaziyatlar yaratish, zarbalar bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsa, to‘p nazorati bo‘yicha deyarli tenglik vujudga keldi. 

Quyida o‘yin statistikasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

photo_2024-01-18_21-34-05


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
18/01/2024 22:06
Хакам жуда куп Хиндистон фойдасига фол кайд этди. Арзимаган холатга хам свесток чалиб уйин темпини бузиб турди хаттоки айрим вазиятда ракиб фол килаяпти лекин туп бизда колаяпти хакам эса яхши ривожланаётган хужумумизни бузиб свесток чалаяпти