
Hojimat Erkinov O‘zbekiston terma jamoasidagi debyut golini urdi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Kamerunga qarshi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 25-daqiqasida Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin Hojimat Erkinov Onana qo‘riqlayotgan darvozani osonlikcha ishg‘ol qildi. Bu "Torpedo" futbolchisi uchun milliy termadagi debyut gol bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Erkinov terma jamoada o‘zining 12-o‘yinini o‘tkazdi.
Fikrlar