
Hojimat Erkinov terma jamoa yig‘iniga jalb etildi
“Al-Vahda” klubi futbolchisi Hojimat Erkinov O‘zbekiston milliy terma jamoasining joriy yig‘iniga jalb etildi.
Futbolchi dastlab taqdim etilgan qaydnomada yo‘q edi. Biroq biroz oldin O‘FA matbuot xizmatida chiqqan xabarga ko‘ra, 23 yoshli vinger oldindagi muhim ikki bahs uchun kengaytirilgan tarkibga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, jamoamizning bugungi mashg‘ulotlari JAR stadionida soat 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar