
Hojimat Erkinovning Rossiya klubidagi debyuti qanday baholandi? (Foto)
Kecha Rossiya Premer-Ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Sochi" bahsi o‘tkazildi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Hojimat Erkinov 72-daqiqada Sultonov o‘rniga zaxiradan qo‘shildi. Shu tariqa, vakilimiz RPLda debyut qilgan navbatdagi o‘zbek futbolchiga aylandi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com futbolchilarning harakatlarini baholadi. Hojimat Erkinovning debyuti 6 ballga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar