Hozircha premer-liganing eng yaxshi futbolchisi "Arsenal" vakili bo‘lib turibdi

  • 19 fevral, 2023, 18:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sofascore" portali talqiniga ko‘ra, "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor davom etayotgan 2022/2023 yilgi mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. U o‘rtacha 7,4 bal to‘plagan.

Tecno

23 yoshli futbolchi chempionatda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u har 133 daqiqada golda ishtirok etib, 51 ta kalit pas berdi. Umumiy hisobda 12 marotaba keskin vaziyat yaratib, darvoza tomon 18 marta zarba berishni uddaladi.

Ma’lumot uchun, "Arsenal" APL turnir jadvalida 54 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!