Hozirda ishsiz bo‘lgan TOP-10 murabbiy. 1-qism

  • 3 noyabr, 2019, 16:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mark Xyuz

Tecno

Yoshi55

2018-yil dekabrdan beri ishsiz

Oxirgi ishlagan klubi“Sautgempton”

Ketish sababi – qoniqarsiz natijalar

Bir paytlar Mark Xyuzni Fergyusonni o‘rinbosari deb atashardi. Sobiq hujumchi “Blekbern” jamoasida aqlbovar qilmas natijalar ko‘rsatgandi. Ammo jamoaning moliyaviy tomondan muammolari sabab APLda ko‘p ushlanib qolmasdan, quyi ligalarga tushib ketadi. Xyuz keyinchalik jamoadan ketgach, faqatgina o‘rtamiyona va jar yoqasiga kelib qolgan jamoalar murabbiylikka taklif eta boshlashdi. Hozirda unga oxirgi paytlarda yomon natijalar ko‘rsatayotgan “Everton” va bir paytlar o‘zi boshqargan Uels terma jamoasini boshqarish imkoniyati mavjud. Chunki Rayan Giggzning oxirgi paytlarda terma jamoadagi ishlarini yaxshi emas.

Xayko Xerrlix

Yoshi47

2018-yil dekabrdan beri ishsiz

Oxirgi ishlagan klubi – “Bayer”

Ketish sababiqoniqarsiz natijalar

Muvaffaqiyatli futbolchilik faoliyatidan so‘ng Xayko murabbiylik kursisini egalladi. Birinchi ish faoliyatini “Borussiya Dortmund” yoshlar jamoasida boshladi. Undan keyin esa “Untergaxinzi” jamoasida ko‘ga ko‘rinarli natijalarga erishdi. Shundan so‘ng uni “Bavariya”ning 17 yoshlilar jamoasiga ishga o‘tdi. Myunxendagi 2 yillik faoliyatidan so‘ng “Regensburg”da ish boshladi. Keyinchalik “Baer”ga taklif etilgan murabbiy ilk mavsumida turnir jadvalining 5-o‘rinini band etdi. Keyingi mavsumda esa dekabr oyiga qadar 9-o‘rindan yuqoriga chiqa olmagach, rahbariyat Xaykoni iste’foga chiqarishga majbur bo‘ldi.

Marselino Garsia Toral

Yoshi – 54

2019-yil sentabrdan beri ishsiz

Oxirgi ishlagan klubi“Valensiya”

Ketish sababirahbariyat bilan tortishuv

“Barselona” bilan o‘yin arafasida murabbiyning ishdan olinishi muxlislar futbolchilar va hatto murabbiyning o‘zini ham hayratga soldi. Bir mavsum o‘zini ham hayratga soldi. Bir mavsum avval sensatsion natija ko‘rsatib, Ispaniya kubogini qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoa murabbiyi sentabr oyidayoq iste’foga chiqarildi.

“Ko‘rshapalaklar” xo‘jayini Piter Lima transfer siyosatini o‘z qo‘lida bo‘lishini istardi. Tabiiki, bu murabbiy va sport direktoriga yoqmadi. Piter Lima esa qaroriga qarshi chiqqan murabbiy va sport direktorini lavozimidan ozo etishiga to‘g‘ri keldi. Jahli chiqqan Marselino mavsum so‘nggiga qadar birorta jamoada ishlamasligini aytdi. Hozircha uning xizmatlariga “Everton” va “Uotford” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Jennaro Gattuzo

Yoshi41

2019-yil maydan beri ishsiz

Oxirgi ishlagan klubi“Milan”

Ketish sababiJamoasi Chempionlar Ligasiga chiqolmagani

May oxirida Gattuzoning iste’foga chiqarilishi muxlislarni shokka tushirdi. Chunki uar klub afsonasi jamoani yuqori marralarga elta olishiga ishonishardi. Ammo bunday bo‘lmadi. Uning o‘rniga kelgan Marko Jampaoloning ham ishlari yurishmayapti. Jennaroning “Milan” bilan shartnomasi bor. U bemalol murabbiylik postiga qayta olardi. Negadir u bu ishni qilmadi. Gattuzoga Rossiyaning “Dinamo”, “Spartak” va Italiyaning “Latsio” klublari jiddiy qiziqish bildiryapti.

Eusebio Di Franchesko

Yoshi50

2019-yil oktabrdan beri ishsiz

Oxirgi ishlagan klubi “Sampdoriya”

Ketish sababiqoniqarsiz natijalar

Murabbiylik faoliyati judayam shafqatsiz. Hattoki, 1,5 yil oldin ham u Evropada ko‘ga ko‘ringan murabbiy bo‘lishi aytilayotgan edi. 2017-2018 yilda “Roma” bilan ko‘rsatgan fantastic natijalari (xususan, “Barsa”ga qarshi o‘yindagi kambek)ga qaramasdan ichki nizolar va keyingi mavsumidagi qoniqarsiz natijalari sabab eusebio iste’foga chiqarildi. Bir muddatdan so‘ng Di Franchesko “Sampdoriya” postiga keldi. Uning oldida jamoani qayta qurish vazifasi turgan edi. Ammo eusebio bu ishni eplay olmadi va rahbariyatni ishonchini yo‘qotdi. Hozirda u ishsiz va uning xizmatariga Fransiyaning “Monako” kubi qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!