Hujumchilardan ko‘p gol urgan himoyachini taniysizmi?

  • 9 iyul, 2020, 21:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eng ko‘p gol urgan himoyachilar orasida bugungi kunda faqat “Real” sardori Serxio Ramos faoliyatini davom ettirmoqda. U jami 120 ta gol bilan kuchli beshlikka kirgan. Ramos futboldan ketgunga qadar o‘zidan bir pog‘onada yuqorida turgan shotlandiyalik Grem Aleksandrdan o‘zib ketishi mumkin xolos. Buning uchun ispaniyalik sardor kamida yana 10 ta gol urishi kerak.

Tecno

To‘purarlar himoyachilar reytingida “Barselona”da to‘p surgan niderlandiyalik Ronald Kumanga teng keladigani yo‘q. U faoliyati davomida jami 253 ta gol urgan. Bu natijani qayd etish ko‘plab hujumchilarga armon ekanini ta’kidlash joiz.

GS77-5277

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda argentinalik Alberto Passarella (175 ta gol), ispaniyalik Fernando Yerro (163 ta gol) va frantsiyalik Loran Blan (153 ta gol) egallagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
07/07/2020 14:38
Четликларни езибсиз рахмат Узбекистанлик езмабсизда