
Hujumchining zo‘ri Bundesligada bo‘ladi. “Barsa” Levandovski o‘rniga boshqa to‘purar topdi
“Barselona” skautlari yoshi o‘tib qolayotgan Robert Levandovski o‘rnini bosa oladigan to‘purar qidirayotgan edi.
Kataloniyaliklar nishoniga Bundesligada porlay boshlagan Omar Marmush tushdi. 25 yoshli markaziy hujumchi “Aytraxt” safida muntazam gol urmoqda va Bundesliganing bugungi kundagi eng sermahsul o‘yinchilaridan biriga aylangan.
Misrlik charm to‘p ustasi univeralligi bilani “Barsa”ga ma’qul keldi. Marmush hujum chizig‘ining barcha nuqtalarida samarali o‘ynay oladi.
Kataloniyaliklar 36 yoshli Levandovski o‘rniga “Manchester Siti”dan Erling Xoland va “Sporting”dan Viktor Dyokeresh kabi to‘purarlarni ham olib kelishni rejalashtirayotgani haqida axborot tarqatilmoqda.
Fikrlar