"Humo Arena"da bo‘ladigan boks oqshomi qaysi kanal orqali translyatsiya qilinadi?

  • 25 mart, 2021, 10:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Habaringiz bor, 3 aprel kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"sida "Matchroom" kompaniyasi tomonidan katta boks oqshomi tashkil etiladi. Ushbu kechada 9 nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.

"Zo‘r TV" kanali ushbu kechani to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu haqda kanal muxbiri Ma’rufxo‘ja o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF chempionlik kamarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Shuningdek, Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldarov, Mirazizbek Mirzaxalilov ham ushbu kechada jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!