"Humo" Belarusdagi yig‘inni yakunlab, Toshkentga qaytdi

  • 16 avgust, 2022, 17:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

"Humo" hokkey klubi mavsum oldidan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Belarusda o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

Tecno

"Qanotlilar" Evropadagi yig‘inni yakunladi. Jamoa bosh murabbiyi Evgeniy Popixinning so‘zlariga ko‘ra, hokkeychilarning jismoniy tayyorgarligini bir nuqtaga olib kelish uchun mazkur yig‘in juda zarur edi. Jismoniy tayyorgarlikdan tashqari taktik tomonga ham katta e’tibor berildi.

Jamoa Belarusning "Dinamo-Shinnik" klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Shuningdek, bir necha jamoalar bilan mashg‘ulot o‘tkazildi.

"Humo" bosh direktori Yuris Opulskis yig‘in haqida fikr bildirdi: "Bizda juda tajribali murabbiylar shtabi bor. Klubga kelgan yosh o‘yinchilar juda ham omadli. O‘ylaymanki, ulardan bir nechtasi yaqin yillar ichida parvoz qilayotgan bo‘ladi.

Jamoa mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Toshkentda davom ettiradi va bir haftadan so‘ng kubok bellashuvlarida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga yo‘l oladi".

Opulskisning so‘zlariga ko‘ra, mavsum uchun tarkib kubok bahslaridan keyin aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!