"Humo" KXL jamoalari bilan o‘ynaydi

CHERY AUTO

Mavsum oldidan Evgeniy Popixin boshqaruvidagi "Humo" xokkeychilari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod viloyatida o‘tadigan "Gubernator kubogi"da ishtirok etishadi. 7-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqada Kontinental xokkey ligasining "Torpedo" (Nijegorod), "Dinamo" (Moskva) va "Dinamo" (Minsk) jamoalari ham ishtirok etishadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Nijegorod Gubernatori kubogi 2009 yildan buyon har yili muntazam tarzda o‘tkazilib kelinadi. Musobaqa ikki tizimda bo‘lib o‘tadi. Dastlab ishtirokchi 4 jamoa bir-biri bilan bir martadan o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvlar natijasiga ko‘ra 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar g‘oliblik uchun kurashsa, 3 hamda 4-pog‘onada bo‘lgan klublar 3-o‘rin uchun muzga chiqishadi.

Qayd etish joiz, hozirga qadar ushbu turnirda "Torpedo" 4 marta (2009, 2011, 2013 va 2016 yillarda) g‘olib chiqqan. Shuningdek, "Salava Yulaev" (2015 va 2017), "Avangard" (2010), "Spartak" (2012), "AK Bars" (2014) va "Avtomobilist" (2018) kabi jamoalar ham Nijegorod gubernatori kubogini qo‘lga kiritishgan.

1992-2001 yillar oralig‘ida esa Nijniy Novgorodda Gorkiy avtomobil zavodi (GAZ) sovrini uchun turnir bo‘lib o‘tgan.

Musobaqa taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:

7 avgust. 

17:00 "Humo" - "Dinamo" Minsk

19:00 "Torpedo" - "Dinamo" Moskva


8 agust.

17:00 "Dinamo" Minsk - "Dinamo" Moskva

19:00 "Torpedo" - "Humo"


10 avgust.

15:00 "Dinamo" Moskva - "Humo"

19:00 "Torpedo" - "Dinamo" Minsk


11 avgust.

15:00 3-o‘rin uchun bahs

19:00 Final.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!