
"Humo" yana bir hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumni Qozog‘iston chempionatida o‘tkazadigan "Humo" hokkey klubi yana bir transferni e’lon qildi.
Toshkentliklar matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa tarkibiga hujumchi Aleksey Krivchenkov kelib qo‘shildi. "Sibir" tarbiyalanuvchisi poytaxtimizga kelishidan oldin Krasnoyarskning "Sokol"i sharafini himoya qilgan. O‘tgan yili u muntazam chempionatda 13 ta, pley-off bosqichida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.
"Qanotlilar" bundan oldin yana 3 ta hujumchi bilan shartnoma imzolagandi.
Fikrlar