Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!

  • 14 aprel, 2024, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football Benchmark indeksi bo‘yicha Evropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ushbu reyting iste’dodli yosh futbolchilarning 2023 yilning 3 oktyabridan 2024 yilning 27 martiga qadar qayd etgan ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi.

Bu yilgi reytingda “Barselona”ning 16 yoshli ispaniyalik yulduzi Lamin Yamal etakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda “Benfika”ning portugaliyalik iste’dodli futbolchisi Joau Nevesh qayd etilgan.

Kuchli uchlikni “Manchester Yunayted”da porlay boshlagan argentinalik hujumkor futbolchi Alexandro Garnacho yakunlab turibdi.

Ro‘yxatning dastlabki o‘nta pog‘onasidan yuqorida nomi keltirilgan uch futbolchidan tashqari Uorren Zair-Emeri (PSJ, Frantsiya), Leni Yoro (“Lill”, Frantsiya), Savio (“Jirona”, Braziliya), Kobbi Meynu (“Manchester Yunayted”, Angliya), Riko Lyuis (“Manchester Siti”, Angliya), Yorrel Xato (“Ayaks”, Niderlandiya) hamda Artur Vermeren (“Atletiko” Madrid, Belgiya) o‘rin olgan.

E’tiborli jihati, “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar bo‘lgan yuz nafar eng iste’dodli futbolchilar ro‘yxatiga kuchli beshlik chempionatlaridagi vakilimiz Abduqodir Husanov ham kiritilgan.

“Lans”ning 20 yoshli markaziy himoyachisi ro‘yxatning 73-pog‘onasida qayd etilgan.

Husanov “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan.

Abduqodir 2023 yilning yozida Frantsiya vitse-chempioni “Lans” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Evropa futboliga qadam qo‘ygan himoyachi joriy mavsum davomida Frantsiya chempionatida o‘nta, UEFA tasnifidagi eng nufuzli ikki musobaqa – Chempionlar ligasi va Evropa Ligasida ikkitadan uchrashuvda ishtirok etdi.

Shuningdek, Abduqodir Husanov o‘tgan yozdan boshlab, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinmoqda va hozirgacha xalqaro miqyosda 12 ta o‘yinda to‘p tepdi.

Erondagi legionerlarimizdan xushxabar!

Husanovni asosiy tarkibdan chiqarilgani sababi ma’lum bo‘ldi. Gap terma jamoada emas!

TsSKA “Lokomotiv”ni yutadi, chunki ularda Fayzullaev bor!Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...

Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!