TsSKA “Lokomotiv”ni yutadi, chunki ularda Fayzullaev bor!

  • 13 aprel, 2024, 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 24-turida markaziy uchrashuvlar biri “Lokomotiv” va TsSKA o‘rtasida kechadi. Abbosbek Fayzullaev boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan bu bahs o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun ham qiziq ekanini alohida ta’kidlash lozim. 

Tecno

 

Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan har ikki jamoa kuchli uchlik ostonasida joylashgan. Deyarli bir xil ko‘rsitkichga ega. Lokomotiv” ham, TsSKA ham to‘qqiztadan g‘alaba va durang, to‘rttadan mag‘lubiyat qayd etgan, 28 tadan to‘p o‘tkazgan va 36 tadan ochko jamg‘argan. Faqat birgina farq “armiyachilar” kiritgan gollar soni beshtaga ko‘p – 40 ta.  

Uchrashuv oldidan “Lokomotiv”ning sobiq bosh murabbiyi Anatoliy Bishovets jamoalar imkoniyatini tahlil qilib berdi.

— TsSKA oxirgi uchrashuvda “Fakel”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va buni qaysidir ma’noda yutuq, deyishimiz mumkin. Chunki Tashuev qo‘l ostida voronejliklar osonlikcha taslim bo‘lmaydigan jamoaga aylandi.

O‘sha bahsda “armiyachilar” ancha harakatchan va hujumkor o‘yin ko‘rsatib, raqibning himoya chizig‘iga juda ko‘p muammo tug‘dirdi.

“Lokomotiv”da bosh murabbiy Mixail Galaktionovning bayonotidan keyin uning o‘ziga ham, jamoaning ichki muhitidagi holat bo‘yicha ham turli savollar kelib chiqmoqda. Lekin shunga qaramay, “temiryo‘lchilar”dan yaxshigina salohiyat bor, jamoa yaxshi saviyadagi o‘yinchilarni jamlagan.

Biroq har doim ham o‘z ustunligingdan foydalana olmaysan. Bu jamoada katta tajribaga ega bo‘lgan o‘yinchilar etarli emas.

Men bu to‘qnashuvda TsSKA ustunlikka ega, deb o‘ylayman. Bu birinchi navbatda, himoya chizig‘ining mustahkamligi bilan bog‘liq. Qo‘shimchasiga “armiyachilar” Abbosbek Fayzullaevning kelishi bilan hujum chizig‘ida rang-barang echimlar qiladigan jamoaga aylandi.

Shuning uchun ham “Lokomotiv” maydonning raqib joylashgan tomonida faolroq o‘ynashi kerak. Ana o‘shanda ular muvaffaqiyatga umid qilishi mumkin, - dedi Anatoliy Bishovets.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yili avgustda TsSKAga ko‘chib o‘tganidan keyin qisqa fursatda jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

20 yoshl hujumkor futbolchimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlaka kubogida hozirgacha 23 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va to‘qqizta assist qayd etgan.

“Lokomotiv” va TsSKA uchrashuv 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Shomurodov faoliyatini qaerda davom ettiradi? Eldor javob berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!