Husanov haqida so‘nggi ma’lumot!
26 oktyabr kuni “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining to‘qqizinchi turi doirasida safarda “Aston Villa” futbolchilariga qarshi muhim uchrashuv o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik futbol muxlislari ushbu bahsda Abduqodir Husanov safga qaytishini kutmoqda. 21 yoshli himoyachimiz 21 sentyabrda “Arsenal” bilan bo‘lgan uchrashuvda jarohat olganidan buyon ko‘rinish bergani yo‘q.
Sports.uz portali Angliya futbolinining eng nufuzli manbalarida “Manchester Siti”dagi vaziyat, xususan, o‘zbekistonlik legionerning atrofidagi hozirgi holat bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Oliver Tomas, sportsmole.co.uk sayti jurnalisti:
“Manchester Siti” yakshanba kuni “Villa Park” arenasida “Aston Villa” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonin o‘ntaga etkazib olishga harakat qiladi.
“Shaharliklar” muvaffaqiyatli seriyadan keyin musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan va peshqadam “Arsenal”dan atigi uch ochkoga ortda qolmoqda.
Xlsep Gvardiola jamoasi Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida ham oxirgi o‘yinda Ispaniyada “Vilyarreal”ni javobsiz ikki gol bilan qiyinchiliksiz engib keldi.
Ayni paytda jamoada uch nafar jarohatlangan futbolchi bor. Rodri jarohati tufaylik ikkita uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Xosep Gvardiola ispaniyalik yarim himoyachini “Aston Villa” bilan o‘yinda ishtirok etmasligini aytgan.
Keyingi uchrashuvlarda Rodrining o‘rnida o‘ynab kelgan Niko Gonsales ham shikastlandi. Bosh murabbiy bu futbolchining jarohati jiddiy emasligiga ishonmoqda va “Aston Villa”ga qarshi Nikoni o‘ynatish niyati bor.
Abduqodir Husanov boshida engil ko‘ringan jarohati tufayli kutilmaganda oltita uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda o‘zbek futbolchisi “Aston Villa” bilan bahsda ishtirok etmaydi, deyishga hali erta.
Artur Ferridj, standard.co.uk sayti jurnalisti:
“Aston Villa” bilan o‘yin oldidan bo‘lajak bahsda faqatgina Rodrining ishtirok etmasligi aniq bo‘lib turibdi. “Oltin to‘p” sohibi o‘tgan yilgi og‘ir jarohatdan keyin bir necha o‘yin o‘tkazib, yana shikastlangan. Oxirgi ikki uchrashuvda Rodrining pozitsiyasida o‘ynagan Niko Gonsales “Vilyarreal” bilan bahsda shikastlangandi. Kichik jarohatga qaramay, yakshanba kuni tayanch zonada yana Niko o‘ynashi kutilmoqda.
Abduqodir Husanov jarohatlanganlar ro‘yxatidan chiqqani haqida hali ma’lumot berilgani yo‘q. Uning jarohati turi va davolanish muddati bo‘yicha hech qanday yangi gap aytilmayapti.
Tayron Marshall, manchestereveningnews.co.uk sayti eksperti:
Ayni paytda “Manchester Siti” himoyasining o‘ng qanotida Mateush Nunesh o‘ynayapti. Biroq Abduqodir Husanov jarohatidan qutilib, safga qaytsa, portugaliyalik futbolchi uchun asosiy raqobatchisiga aylanadi. Riko Lyuis bu ikki o‘yinchi bilan raqobat qila olmaydi.
O‘zbek futbolchisi “Manchester Yunayted”, “Napoli” va “Arsenal”ga qarshi uchrashuvlarni aynan mana shu pozitsiyada boshladi va uchala o‘yinda juda zo‘r harakat qilgan edi. Jarohat sabab vaqtincha jamoaga yordam bera olmayapti.
Husanov jamoaga qaytganidan keyin o‘ng qanot himoyasida o‘ynaydimi yoki asli kasbi bo‘lgan markaziy himoyachi vazifasini bajaradimi, shunisi hamma uchun qiziq. Tezlik o‘zbek futbolchisining asosiy va eng muhim qurolidir.
Bizningcha, kelajakda Abduqodirning faoliyati markaziy himoya bilan bog‘lanishi mumkin, ammo yaqin vaqt ichida vaziyat taqozosiga ko‘ra, o‘ng qanot himoyasila o‘ynash uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
“Aston Villa” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Jarohati jiddiy emasligi aytilgan Husanov nega o‘ynamayapti?
Kannavaro O‘zbekiston termasini boshqarayotganiga e’tiroz bo‘ldi! Fanatlar boshqa fikrda
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi
Fikrlar