Kannavaro O‘zbekiston termasini boshqarayotganiga e’tiroz bo‘ldi! Fanatlar boshqa fikrda

  • 22 oktabr, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston media makonida italiyalik Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgani muhokama qilindi. Xususan, Qsport nashri o‘zining yutub-kanalida bu mavzu bo‘yicha o‘z pozitsiyaga oid  video kontent joyladi.

Tecno

- Fabio Kannavaro — O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi. U jahon chempioni, afsona.

Jamoa qaerga ketayotganini angash uchun, qaerdan yo‘lga chiqqanini esga olish darkor.  Eng asosiy va murakkab ishni Srechko Katanets amalga oshirdi. Aynan u jamoani qurdi va saralashning katta qismidan o‘tdi.

Katanets ketganidan keyin Timur Kapadze mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ishni oxiriga etkazdi va O‘zbekistonni tarixda ilk bor jahon chempionatiga olib chiqdi.

Mana endi terma jamoa boshqaruvi jahon futbolida nom qozongan, hammaning e’tiborida bo‘lgan yulduz Kannavaroga o‘tdi.

Lekin, nahotki kimdir, birgina jahon chempioni O‘zbekistonga avtomatik tarzda sovrinlar olib berishiga ishonayotgan bo‘lsa?, - deydi Qsport yutub-kanali muallifi.

Sports.uz portali bu videoga qoldirilgan izohlardan ayrimlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’lum topdi.

 @FS.Samgor80:

O‘zbek futboli hali jahonga nimalarga qodirligini ko‘rsatadi. Omad tilayman. Tojikistondan salom.

@AltayTagaev:

O‘zbeklarga ofarin. Ular uchun xursandman. Borini berib o‘ynashlariga aminman. Qozog‘iston sizlarga muxlislik qiladi.

@bekboss2697:

O‘zbekiston futbolda ham boksdagi natija ko‘rsatishi kerak.

@Turan513:

O‘zbekiston futbol federatsiyasi hammasi to‘g‘ri qilayotganiga umid bildiraman. Har qanday vaziyatda ham o‘zbek qardoshlarimizga muxlislik qilamiz. Qozog‘itondan salom.

@SannazarJanaybaev:

Hammasi to‘g‘ri, mana kimni taklif qilish kerak, qandaydir cherchesovlardan ko‘ra...

@Jagermeister40:

O‘zbekiston qanday futbol o‘ynash bo‘yicha hammaga o‘rnak. O‘zbekistonni jahon chempionati final qismida kutamiz...

@BossHugo-p7i:

Xullas, orqaga yo‘l yo‘q, endi faqat ishlash kerak. Oldinga qarash kerak. Kannavaro ham ahmoq emas, har holda mahorati bor, “Oltin to‘p”ni bejiz olmagan. Yomonlashni bas qiling. Kannavaroga omad tilaymiz. O‘zbekiston birinchi jahon chempionatidayoq kichik bo‘lsa-da, sensatsiya ko‘tarishini kutamiz.

@AlisherSaidov-j5z:

O‘zbekiston Kannavarosiz ham chempion. Fabio O‘zbkistonga palov eb, jamoa qanday o‘ynashini tomosha qilish uchun kelgan.

@ArnurMusainov:

Fabio Konnovaro ajoyib inson va zo‘r futbolchi. O‘zbekiston terma jamoasini uzoqqa olib borishiga ishonaman.

@Ilxanxanov:

Bu erda muhim bir gap bor – O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqan!

@Amir_1-l2d:

O‘zbekiston mundialda bitta o‘yinda yutsa ham katta muvaffaqiyat bo‘ladi.

@ErmekSheralin:

Muallif qanaqa sovrinlar haqida gapiryapti? Hamma gap mundialda munosib ishtirok etishda. Hech bo‘lmasa, guruhdan chiqish kerak.

@Ganiev1970:

Nega bosh murabbiylar familiyasi “Ka, Ka, Ka”dan boshlangan.

Katanets. Kapadze, Kannavaro.

Nahotki ulardan keyin Kaka kelsa?!

@DenisKozlov-j8ya:

Men buni xato, deb bilaman. Kanavvarosiz ham jahon chempionatiga chiqishdiku.

@Drb-football:

O‘zbekiston kerakli ochkolarni olib, pley-offga chiqishiga umid qilamiz.

@LiverpoolLiverpool-ks3hp:

Kannavaroning bosh murabbiy bo‘lgani O‘zbekistonni chempion qiladi, deb o‘ylamanglar. Hozirgi futbolda jamoa muvaffaqiyatining o‘n foizi murabbiyga bog‘liq, qolgan hamma ishni maydondagi o‘yinchilar qiladi.

@ManualnayaterapiyaShymkent:

Kapadzening nimasi yoqmadi?

@Nurtas-o1w:

Salomat bo‘linglar o‘zbeklar! Nasib qilsa, finalga chiqinglar...

@BATER_06:

Nima bo‘lgan taqdirdayam O‘zbekiston mundialga chiqdi va nimalarga qodirligini ko‘rsatdi. Buyog‘iga nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Gvardiola Husanovni tarkibdan chiqardi!
 

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
22/10/2025 10:23
Ассалому алекум...Аввалом бор хаммани Ўзбекистон ЖЧ га чиққани билан табриклайман нимага Ўзбекистон ЖЧ га чиққандан кейин айнан четдан мураббий опкелиниши керак ЖЧ га чиқмаган бўлса ҳам майли эди буниси хайрон қоласан Катанес ЖЧ га 98 % йўл очиб берди Капатзе 100 % фоизлик натижа билан ЖЧ га йўлланма олиб берди Карноваро эса нима қилади энди бунисини Худо билади иккита "КА" фамилячилар ишини уддалади кейинги "КА" нима қилади кўрамиз шу Карноварони ЖЧ тидан кейин опкелса бўлмасмиди Кападзе ўзи эпларди эплаб ҳам келябди.