Husanov haqida xunuk xabar. Abduqodir terma jamoaga kelmaydi

  • 2 sentabr, 05:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ngliya Premer-ligasining uchinchi turida “Manchester Siti” safida “Brayton”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda eng yaxshi o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Tecno

Biroq, uchrashuvning oxirida 21 yoshli futbolchimiz jarohat olib, tibbiy yordamdan keyin ham o‘yinni davom ettira olmasligini bildirdi.

Legionerimizni darhol zaxiraga olgan Xosep Gvardiola agar Abduqodir maydonni tark etmaganida jamoasi mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan ikkinchi golni o‘tkazmasligini afsus bilan ta’kidlagani ham Husanovning klub uchun ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Husanov ushbu uchrashuvdan keyin FIFAning xalqaro tanaffusidan foydalanib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga qo‘shilishi kerak edi.

Ma’lumki, 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bosh jamoamiz sakkizta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan  “CAFA Nations Cup 2025” turnirida ishtirok etmoqda.

Afsuski, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Husanovning jarohati davolanishni talab etishini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasman Abduqodirning “CAFA Nations Cup 2025” turniriga kelmasligini tasdiqladi.

- Tekshiruvlardan so‘ng futbolchimizning chap oyoq boldir mushagida kichik jarohat borligi aniqlangan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, tiklanish muddati ikki haftani tashkil etishi kutilmoqda. Shifokorlarning tavsiyasiga binoan, Husanov CAFA Nations Cup turnirida ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi, - deyiladi assotsiatsiya bayonotida.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu Husanovning sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yish hamda jarohatni chuqurlashtirib yubormaslik uchun qabul qilingan ehtiyot chorasidir.

Qisqa muddatli tanaffus davrida Abduqodir shaxsiy reabilitatsiya dasturi asosida ishlaydi: yuklamalar bosqichma-bosqich oshiriladi, mushak kuchini tiklash va qaytalanish xavfini kamaytirishga qat’iy rioya qilinadi. “Manchester Siti” hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokorlari o‘zaro hamkorlikda tiklanish jarayonini nazorat qiladi.

Abduqodir Husanov faoliyatida joriy mavsum muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining etakchi himoyachisi yozda bo‘ladigan jahon chempionatiga ideal formada etib borishi kerak. Qolaversa, Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabi endi o‘zbek futbolchisiga to‘la ishonch bildira boshladi.

Angliya futboli ekspertlari ham  o‘z tahlillarida hamyurtimizning tezkorligi, o‘yin tempini yuqori darajada ushlashi va zamonaviy himoyachiga zarur bo‘lgan barcha malaka va ko‘nikmalarga ega ekanini  alohida ta’kidlamoqda.

Husanov 2023 yilning yozidan beri “top-5” ligalari qatorida turuvchi Frantsiya va Angliya chempionatlarida o‘ynab, tajriba orttirib kelmoqda. Abduqodir O‘zbekiston milliy terma jamoasida 22 ta uchrashuvd a ishtirok etgan.

Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!

Husanovsiz himoya rasvo bo‘ladi!

Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?

Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!