Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

  • 31 avgust, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev yozgi transferlar oynasi davrida “Istanbul Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Bu klub rahbariyati bosh murabbiy Chag‘dash Atan oldiga Evrokuboklarda muvaffaqiyatli qatnashish vazifasini qo‘ydi va shunga yarasha tarkibni kuchaytirish uchun yozda yangi transferlar uchun xarajat ham qildi.

Ikki o‘zbek futbolchisining o‘zi klub uchun o‘n million evrodan qimmatga tushdi. Abbosbek Fayzullaevni olib kelish uchun istanbulliklar TsSKAga 7,5 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bir necha nufuzli manbalar hali “Bashakshehir” 21 yoshli hujumkor futbolchining natijalariga qarab, yana 2,5 million evro bonus to‘lashi haqida ham yozgan edi.

Abbos klub tarixidagi eng qimmat transfer sohibi sifatida rekordchiga aylandi. Bungacha “Bashakshehir” to‘qqiz yil avval “Altinordu” jamoasidan Chengiz Underni olish uchun 4,8 million evro xarajat qilgan.

Eldor Shomurodov “Roma”dan bir mavsumga ijaraga kelgan. Turklar 30 yoshli forvardimizni kelasi yoz to‘liq transfer qilish huquqiga ega. Tabiiyki, agar bu savdo amalga oshsa, Shomurodov transferi ham klub tarixidagi eng qimmat xaridlardan  biriga aylanadi. Chunki 3 million evrolik ijara puli bilan Eldor qimmatga kelgan o‘yinchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Yangi mavsum oldidan “Bashakshehir” ikki hamyurtimizdan tashqari 325 ming evroga Onur Bulut va 150 ming Berkay Aslan transferiga pul sarfladi. Berat O‘zdemir Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq”, Devi Zelke hamda Luka Stanchich Germaniyaning “Gamburg” va “Bavariya”, Nuno da Koshta Turkiyaning “Kasimposho” klublaridan erkin agent sifatida istanbulliklar safiga kelib qo‘shildi.

Chag‘dash Atan shogirdlari UEFA Konferentsiyalar ligasining dastlabki ikki bosqichida Bolgariyanin “Cherno More” va Norvegiyaning “Viking” jamoalari to‘sig‘idan o‘tib, rahbariyat ishonchini oqlaganday bo‘ldi. Ammo ikki o‘zbek legionerining qimmatbaho transferlari “Bashakshehir” Ruminiyaning “Universitetya Krayova” klubi to‘chig‘idan o‘tishga yordam bermadi.

Jamoa ikki o‘yinda beshta to‘p o‘tkazgani va xalqaro musobaqaning umumiy bosqichiga chiqa olmaganidan keyin klub mutasaddilari ko‘p narsa bosh murabbiy malakasiga bog‘liq ekanini tushinib etdi.

Turkiyadagi nufuzli manba – fotospor.com saytining yozishicha klub prezidenti Gyoksel Gyumyushdag‘ jamoa o‘z maydonida “Krayova”ga qarshi birinchi uchrashuvni boy berganidan keyinoq yangi bosh murabbiy malasini o‘rtaga qo‘ygan.

Manbaga ko‘ra, “Bashakshehir” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod Nuri Shaxin ekani aytilmoqda. Klub rahbariyati bu mutaxassisning dastlabki roziligini olgani haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.   

Klub xo‘jayinlari Nuri Shaxinga ikki yillik shartnoma va bu muddat uchun umumiy to‘rt million evro miqdorida maosh taklif qilgani bildirildi.

“Bashakshehir” zaxira variantlari ustidan ham bosh qotirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu klubda bosh murabbiylikka  Xavi, Tiago Motta, Marko Rouz va Edin Terzich kabi Evropa futbolida nom qozongan mutaxassislarni taklif etish rejasi ham bor.

O‘zbek legionerining kutilmagan transferiga izoh berildi

 

“CAFA Nations Cup 2025”: Husanovning bir o‘zi Eron terma jamoasidan qimmat turadi!

Husanovni Chempionlar ligasida katta tarixiy voqea kutmoqda

Husanovning rekordi joyida qoldi!
Fayzullaev uzoq tanaffus olishga majbur bo‘ldi
Husanov bor, bu yulduz kerak emas!
Gvardiola Husanov bo‘yicha qarorini aytdi

Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!