Husanov jamoasidan “yondiradigan” xabar!

  • 14 may, 07:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov shu yilning 20 yanvarida Frantsiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Xosep Gvardiola jamoasini alohida e’tibor bilan kuzatib bormoqda.

Tecno

Sports.uz portali buni inobatga olgan holda “Manchester Siti” klubiga oid xabarlarni sayt o‘quvchilari e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.

“Siti” Bundesliga yulduzini “Bavariya”dan tortib olmoqchi

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida faollik ko‘rsatib, tarkibini tublan yangilashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xosep Gvardiola yoshi o‘tib qolgan yulduzlar o‘rniga iste’dodli yosh ijrochilarni o‘z loyihasiga jalb etishga harakat qilyapti.

Ispaniyalik mutaxassisga maydon markazini boshqaradigan, hujumlar uyushtiradigan va o‘yinni tashkil qiladigan pleymeyker kerak. Hozir bu vazifani Kevin de Bryuyne bajaryapti. Gvardiola uning o‘rniga “Bayer”ning 22 yoshli yulduzi Florian Virtsni olib kelmoqchi.

O‘z navbatda, Virts Bundesligadan uzoqlashmay, “Bavariya”ga o‘tishga moyillik bildirgan.  

Taniqli jurnalist Kristian Falkning ta’kidlashicha, “shaharliklar” nishonidagi futbolchini Myunxenga o‘tishini to‘sib qo‘yish uchun “Bayer”ga aniq taklif yubordi. Manchesterliklar Florian Virtsni “Bavariya”ga o‘tish fikridan qaytarishga urinyapti.

Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 44 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi. Leverkuzen klubi 2027 yilning yozigacha davom etadigan o‘yinchisini 150 million evroga qo‘yib yuborishga rozilik bildirgan.

 Kevin de Bryuyneni “real”ga joylashmoqchi

“Manchester Siti” rahbariyati jamoada 2015 yildan beri o‘ynab kelayotgan Kevin de Bryuyne bilan xayrlashish fikridan qaytgani yo‘q.

30 iyun kuni tomonlarning o‘n yil davom etgan hamkorligi tugaydi.

Ayni paytda 33 yoshli futbolchi kelasi mavsum uchun o‘ziga yangi ish joyi qidiryapti. Takliflar etarli, biroq Kevin ideal variantni tanlashi kerak.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining agentlari Kevinning xizmatlarini “Real”ga taklif qildi.

Manbaga ko‘ra, mahoratli pleymeykerning agentlari madridliklar maydon markazini yaxshi boshqara oladigan tajribali o‘yinchiga ehtiyoj sezayotganini inobatga olib, Kevin de Bryuyneni “Qirollik klubi”ga joylashga harakat qilyapti.

Kevinning o‘zi ham Madrid klubiga qo‘shilish uchun hozir “Manchester Siti”dan olayotgan 16 million evro miqdoridagi yillik maoshini ikki baravar kamayishiga rozi ekani aytilmoqda.

“Real” vakillari bu taklifga hurmat bilan munosabat bildirdi. Biroq ular Kevin de Bryuyne kelasi oy 34 yoshga to‘lishiga e’tibor qaratyapti. Madridliklar asosan iste’dodli yosh o‘yinchilardan tarkib topgan kurashuvchan jamoa tuzayotganini bildirgan.

Gvardiolaga “Barsa” yulduzi kerak

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida maydon markazida ustunlikni ta’minlab beradigan o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Xosep Gvardiola e’tiborini tortgan o‘yinchilardan biri o‘tgan yili “Barselona” safiga qaytgan Danijl Olmo bo‘ldi.

Relevo nashrining yozishicha, ispaniyalik murabbiyga 27 yoshli futbolchining hujum tashkil qilish va gol urish qobiliyati ayniqsa ma’qul kelgan.

Transferlar bo‘yicha ekspertlar manchesterliklarga Olmoni ko‘ndirish oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Chunki Daniel Olmo bolaligidan “Barselona” muxlisi hisoblanadi va klub tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay, asosiy tarkibga kirish uchun bir necha yil boshqa klublarda mahorat oshirishiga to‘g‘ri kelgan.

Endi niyatiga etib, Kataloniya klubidagi debyut mavsumida 36 ta uchrashuvdan 11 ta gol va oltita assist muallifi bo‘lgan yulduz “Barsa”ni osonlikcha tark etmaydi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha tuzilgan.

Husanovni yana qozoq futbolchisini bilan solishtirishdi. Bu gal xulosa boshqacha bo‘ldi!

O‘zbek legioneriga qo‘pollik qilgan futbolchi uch o‘yinga haydaldi

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!