
Husanovni o‘ynatmayotgan Gvardiola “Siti”dan ketishini aytdi!
Qishki transferlar davrida “Manchester Siti” o‘z tarkibiga Abduqodir Husanovni qo‘shib olganidan keyin “shaharliklar”ga ishqibozlik qiladigan o‘zbekistonlik futbol muxlislari soni keskin oshdi.
Hamyurtlarimiz Abduqodir hurmatidan Xosep Gvardiola jamoasiga oid xabar, yangilik va tahlillarni alohida qiziqish va e’tibor bilan kuzatib kelmoqda.
Ayni paytda “Manchester Siti” tarkibi qayta shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Har kuni turli manbalar tomonidan “shaharliklar”ga oid ma’lumotlar tarqatilyapti.
Sports.uz portali “Manchester Siti” faoliyatiga tegishli ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
Rodri qachon o‘ynaydi?
Futbol olamidagi eng nufuzli indiviual sovrin – “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Rodri og‘ir jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.
“Manchester Siti” muxlislarini ispan futbolchisining qachon maydonga qaytishi qiziqtirib keladi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola bu masalaga oydinlik kiritdi.
- Mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan Rodri shifokrlar unga ruxsat berishi bilan o‘ynay boshlaydi. Meni bu haqda shaxsan xabardor qilishlari aytilgan.
Hozir Rodri o‘zini juda yaxshi his qilyapti, muntazam mashg‘ulotlarni o‘tamoqda, lekin biz uni darrov maydonga tushirib, tavakkalga qo‘l ura olmaymiz, - dedi Xosep Gvardiola.
2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida atigi ikkita uchrashuv o‘tkazib, tizzasidan olgan jarohati tufayli uzoq muddat davolanishda bo‘ldi.
Kevin de Bryuyneni quruq jo‘natmaymiz!
“Manchester Siti” qanot hujumchimi Jeremi Doku mavsum yakunlangach, jamoani tark etadigan Kevin de Bryuyne haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Kevin – “Manchester Siti” afsonasi. Belgiyalik pleymeyker bu jamoada juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U klubdan ketsa ham, yorqin taassurotlar qoladi.
Muxlislar uni qattiq hurmat qiladi va bu uning natijalarini inobatga olganda, tabiiy hol.
Kevin de Bryuyne hozir jamoadagilarning barchasidan, xatto Xosep Gvardioladan oldin Manchesterga kelgan. U hurmat va ehtiromga loyiq haqiqiy afsona.
Oldinda Angliya kubogining finali bor. Biz Kevin de Bryuyne klubdan aynan mana shu sovrinni qo‘lga kiritgan holda ketishi uchun bor kuchimizni beramiz, - dedi Jeremi Doku.
Eslatib o‘tamiz, Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ga 2015 yili kelgan. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi.
Gvardiola futboldan charchadi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubdan qachon ketishi va shundan keyin nimalar bilan shug‘ullanishi haqida gapirdi.
- Odamlar meni o‘zlari qanday istasa, shunday eslab qolsin. “Siti” bilan hamkorlik shartnomam tugashi bilan men ketaman. Bunga aminman.
Shundan keyin murabbiylik faoliyatimni yakunlaymanmi yoki yo‘q, buni aniq bilmayman. Biroq tanaffus qilishim aniq. Meni qay tarzda eslab yurishlarining ahamiyati yo‘q.
Har bir murabbiy g‘alaba qozonishni istaydi, o‘zidan yaxshi nom qoldirishga urinadi. Men “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti” ishqibozlari mening qo‘l ostimdagi jamoalar o‘yinini kuzatishdan bahra olganiga ishonchim komil, - dedi Xosep Gvardiola.
Ta’kidlash joizki, ispaniyalik mutaxassis noyabr oyida klub bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirib, 2027 yilning yozigacha “Etixad” arenada qolishga rozilik bergan edi.
Raneri Shomurodov haqida jiddiy gaplarni aytdi!
“Manchester Siti” afsonasi Husanovning ketishiga qarshi!
Shomurodov muxlislariga katta xushxabar!
Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi
Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!
Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!
Fikrlar