Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!

  • 15 may, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida ham faollik ko‘rsatadi. Xosep Gvardioda jamoani qayta shakllantirishga qaror qilgan. Klub mutasaddilari ispan murabbiyining kriteriyalari va talablariga mos keladigan yangi ijrochilarni qidirmoqda.

Tecno

“Shaharliklar” yangi mavsum oldidan deyarli har bir pozitsiyani kuchaytirishga qaror qilgan. Garchi klub yanvarda himoya markaziga Abduqodir Husanov va Vitor Reys, yarim himoyaga Niko Gonsales va hujum chizig‘iga Umar Marmushni olib kelgan bo‘lsa-da, bu pozitsiyalarga yana yangi ijrochilarni olish masalasi kun tartibidan olingani yo‘q.

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk portali yozda jamoada markaziy himoyani mustahkamlash borasida amalga oshiriladigan ishlar haqida tahliliy maqola e’lon qildi.

Bu o‘zgarishlar Abduqodir Husanov faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olib, sports.uz portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- “Manchester Siti” yozgi transferlar arafasida “Liverpul” himoyachisi Ibrohim Konate atrofida yuzaga kelgan vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Konate bu mavsum Arne Slot qo‘l ostida Premer-ligadagi dastlabki chempionlik sovrinini qo‘lga kiritdi. Frantsiyalik futbolchi “qizillar” himoyasi markazida Virjil van Deyk bilan ajoyib tandem tashkil qilgan.

Xosep Gvardiola o‘z jamoasining himoya markazidan qoniqish hosil qilayotgani yo‘q. Mavsum davomida Jon Stounz, Natan Ake va Manuel Akanji kabi markaziy himoyachilarning ko‘proq vaqtini maydondan tashqarida jarohatlarini davolashga sarflagani umumiy natijaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Hozirgi paytda “shaharlik” himoyachilar orasida eng barqarori Yoshko Gvardiol bo‘lib turibdi. Bu o‘yinchi markaz va chap qanot o‘rtasida sarson bo‘layotgani ham bor gap.  

“Manchester Siti”ning yangi sport direktori klubdagi dastlabki transfer oynasiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda va Gvardiolaga ma’qul keladigan o‘yinchilarni olishga harakat qilib ko‘radi.

Angliyalik futbol ekspertlaridan Grem Beyli va Jeyms Bruk “Liverpul” mutasaddilari shartnomasi kelasi yil yozda tugaydigan Ibrohim Konate bilan muzokaralarni boshlashga kech qolganini va bundan “Manchester Siti” vakillari unumli foydalanib qolishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Bu mutaxassislar fikriga ko‘ra, “Manchester Siti” himoya markaziga kelajakda foydalanish uchun Abduqodir Husanov va Vior Reys kabi yangi avlod markaziy himoyachilarini olib kelgan. Ular istalgan paytda himoyani mustahkam ushlab kelayotgan Yoshko Gvardiol va Vitor Diash o‘rnini egallashi mumkin, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk portali  .

Biroq klub mutasaddilari jamoani yoshartirish siyosati davom etayotgan paytda Jon Stounz, Natan Ake va Manuel Akanji kabi yoshi o‘tib borayotgan va jarohatlarga moyilligi ortayotgan markaziy himoyachilardan voz kechishga tayyorligini inobatga olsak, 25 yoshli Ibrohim Konate “Manchester Siti”ga ortiqchalik qilmaydi.

Ammo Premer-liga va boshqa top-ligalarda suyagi qotgan markaziy himoyachilarning kelishi o‘ziga imkon berilishini kutayotgan Abduqodir Husanov va Vitor Reys kabi yosh o‘yinchilarning o‘yin amaliyotiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bu  ijrochilar harchand harakat qilmasin, hozirning o‘zida asosiy tarkibdan joy olishga qiynalmoqda.

Xususan, Abduqodir Husanov Manchesterga kelganidan beri Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida to‘qqizta o‘yin o‘tkazganiga qaramay, qariy bir yarim oydan beri maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. Xosep Gvardiola oxirgi ikki uchrashuvda o‘zbek legionerini hatto uchrashuv qaydnomasiga ham kiritmadi.

Bir so‘z bilan aytganda, fevral oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan 21 yoshli Abduqodir Husanov yana tarkibga qaytish uchun hali yana ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Fayzullaev eng zo‘r o‘yinini Superfinalda ko‘rsatadi!

Husanovni yana qozoq futbolchisini bilan solishtirishdi. Bu gal xulosa boshqacha bo‘ldi!

Husanov jamoasidan “yondiradigan” xabar!

O‘zbek legioneriga qo‘pollik qilgan futbolchi uch o‘yinga haydaldi

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
15/05/2025 04:32
Нон йук ку