Husanovning “Siti”dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

  • 20 fevral, 07:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning yanvarda “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani 2025 yilning eng shov-shuvli transferlaridan biri bo‘ldi.

Darhaqiqat, qishki transferlar oynasi davrida o‘zbek futbolchisiga Evropaning yigirmaga yaqin klubi qiziqish bildirdi. Ular orasida bu transferga jiddiy kirishgan jamoalar ham bo‘ldi.

Yakunda “Manchester Siti” bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 50 million evro tikib, 20 yoshli markaziy himoyachini ilib ketdi.

Shu tariqa, Abduqodir Husanovning Angliya futbolidagi sargushatlari boshlandi. Angliya Premer-ligasidagi birinchi o‘zbek futbolchisi juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Hatto Angliya kubogi doirasida birinchi golini ham urishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiyalik taniqli futbol agenti Dmitriy Selyuk Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagiga baho berdi.

- Abduqodir Husanovni qanday katta summaga transfer qilishganini inobatga olsak, Xosep Gvardioda bu futbolchining xizmatlaridan voz kechmaydi.

O‘ylashimcha, agar Abduqodir qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasa, unga muntazam o‘yin amaliyoti beriladi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, Husanovning “Manchester Siti”da o‘zini ko‘rsatishi uchun etarlicha imkoniyati bo‘ladi, - dedi Dmitriy Selyuk.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham jurnalistlar bilan muloqotlarda bir necha bor o‘zbek futbolchis haqida fikr bildirdi. Ularning birortasida ispaniyalik mutaxassis yangi shogirdini tanqid qilgani yo‘q. Hatto Abduqodir “Chelsi”ga qarshi debyut uchrashuvining dastlabki besh daqiqasida golga sababchi bo‘lgan va sariq kartochka olgan vaziyatda ham “shaharliklar”dan hech biri unga malomat qilmadi. Aksincha, Gvardioladan tortib, Ederson, Akanji, Kevin de Bryuyne, Xoland kabi yulduzlar uni qo‘llab-quvvatladi.

Xosep Gvardiola esa, 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchidan umidi katta ekanini yashirgani yo‘q.

- Abduqodir Husanov kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Unda biz ko‘rgan salohiyat uni yuksak darajaga ko‘taradi. Bu hammamiz uchun manfaatli bo‘ladi.

Menga Abduqodirning to‘p bilan ishlashdagi sovuqqonligi, o‘ta tezkorligi juda ma’qul keldi. Endi qaror qabul qilish xususiyatini yaxshilashi lozim va bu xususiyat yoshga bog‘liq masala hisoblanadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbolning dastlabki sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan. Professional faoliyatini 2022 yili Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshladi.

Bir yildan keyin uni Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans” olib ketdi. Frantsiyada bir yarim yil to‘p tepgan hamyurtimiz nig‘oyat “Manchester Siti”dan qo‘nim topdi. Abduqodir Husanovning “Lans”ning eng qimmatbaho transferi bo‘ldi.

Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi!

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!