Husanovning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi boshqa klub tanladi

  • 28.05.2026 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning eng kuchli markaziy himoyachilaridan hisoblangan Yoshko Gvardiol klubini oʻzgartirishga tayyor.

24 yoshli xorvatiyalik futbolchi Bundesligaga qaytishni istamoqda. Uni Germaniya chempioni “Bavariya”ga oʻtish varianti juda qiziqtiryapti.

Bu haqida Bild va Bayern & Germany nashrlari jurnalistlari maʼlumot tarqatdi.

Qolaversa, Yoshko Gvardiolning atrofidagi mutaxassislar ham uni Myunxenga koʻchib oʻtishga undamoqda.

“Bavariya” Gvardiolga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq uning transfer narxi jiddiy muammo boʻlib qolmoqda. “Shaharliklar” oʻyinchi uchun kamida 70 million yevro talab qiladi, shu sababli Germaniya chempionlari muzokaralarga kirishishdan oldin oʻz tarkibidan qaysidir futbolchini sotib yuborishiga toʻgʻri kealdi.

“Manchester Siti” esa Gvardiol bilan xayrlashishni istamayapti, klub unga allaqachon yangi shartnoma taklif qilingan. Markazda ham, qanotda ham oʻynay oladigan universal himoyachi Angliyaga kelishidan oldin “RB Leyptsig” sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda Yoshko Gvardiol ogʻir jarohatga yoʻliqganidan keyin Xosep Gvardiola jamoada yangi markaziy himoya juftligini tashkil qilib, bu oʻrinda Abduqodir Husanov va Mark Gexi xizmatidan foydalanmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!