
Messi — to‘purarlar qiroli. Mbappe uni taxtdan ag‘darmoqchi
Give me Sport nashri Evropa Chempionlar ligasida 23 yoshiga eng ko‘p gol urgan to‘purarlar reytingini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatda 23 yoshiga Evropaning eng nufuzli musobaqasida 25 ta gol urgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinda “Real” hujumchisi Raul qayd etilgan. Ispaniyalik futbolchi hisobida 22 ta gol bor.
Eng yuqori pog‘onada turgan bu ikki to‘purarni ta’qib qilayotgan Kilian Mbappe hozirgacha raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qilgan. Aynan Kilian Messi rekordini yangilashi mumkin. U hozir 21 yoshda va ikki yil ichida Chempionlar ligasida yana 6-7 ta gol urish imkoniyati yuqori.
Shuningdek, kuchli o‘nlikka qisqa muddatda “Borussiya” vakili Erling Xoland ham qo‘shildi. 19 yoshli futbolchi hisobida 10 ta gol bor. Agar shu tariqa ko‘p gol urishda davom etsa, u ham Mbappe qatori Messi rekordini yangilashi mumkin.
Reytingga kiritilgan qolgan o‘yinchilarning birortasida Messining rekordini yangilash imkoniyati yo‘q. Messining doimiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu esa kuchli o‘nlikka ham kirolmagan.
To‘purarlar ro‘yxati bilan tanishing:
- Lionel Messi — 25 ta gol
- Raul — 22 ta gol
- Kilian Mbappe — 19 ta gol
- Karim Benzema — 17 ta gol
- Alessandro Del Pero — 16 ta gol
- Andrey Shevchenko — 16 ta gol
- Xaver Saviola — 15 ta gol
- Gabriel Jezus — 13 ta gol
- Ueyn Runi — 13 ta gol
- Sesk Fabregas, Erling Xoland, Patrik Klyuyvert — 10 tadan gol.
Fikrlar