Ibragimovich A Seriyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

  • 5 may, 2023, 23:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibraximovichning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida tugaydi. Shvetsiyalik futbolchi va jamoa o‘rtasida yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazilmayapti. U katta ehtimol bilan milanliklar tarkibidan ketadi. 

"Foot Mercato" nashri ma’lum qilishicha, Zlatan "Montsa"ga o‘tishi mumkin. 41 yoshli hujumchining o‘zi ham mazkur yangi chaqiruvga rozi bo‘ladi. U mavsum davomida jarohat sabab juda kam o‘yinda ishtirok etdi.

Ibraximovich 2020 yilda "Milan" safiga kelib qo‘shilgandi. Uning tashrifi jamoaga foyda olib keldi. Qariya kelganidan keyin Italiya grandi A Seriya chempioni bo‘ldi. Bundan tashqari Chempionlar ligasining yarim finaligacha etib keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!