
Ibragimovich dunyoning eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi. Uning javobi hayratlanarli bo‘ldi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 41 yoshda bo‘lishiga qaramay, o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishini aytdi.
“Men eng yaxshi sport formamda bo‘lganimda, dunyodagi eng zo‘r futbolchi hisoblanaman. Men hazillashmayapman. Agar o‘sha saviyada o‘ynashda davom etsam, u holda yana bir yil «Milan»da qolaman. Umuman olgarda yana bir necha yil futbol o‘ynashni rejalashtiryapman”, - dedi shvetsiyalik futbolchi DAZN nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan kecha "Atalanta"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Bu o‘yin uning uchun so‘nggi 280 kun ichidagi birinchisi bo‘ldi.
Ibragimovich milanliklar safida 2020 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi mehnat shartnomasi joriy mavsum oxirigacha imzolangan.
Fikrlar