Ibragimovich joriy mavsum urgan gollari uchun qancha bonus oladi?
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich joriy mavsumda urgan gollari uchun qo‘shimcha 170 ming evro mukofot puli oladigan bo‘ldi. Aytish lozimki muhim o‘yinlar va turnirlarda urilgan gollar bundan mustasno.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha shvetsiyalik futbolchiga beriladigan bonuslarning jami miqdori 3,4 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibragimovich joriy mavsum 22,5 mln evro daromad ko‘rgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Zlatan bu mavsum "qizil iblislar" safida jami 46ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 28ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar