Ibragimovich: "Men har doim "Milan" muxlisi bo‘lib qolaman"

  • 16.10.2025 14:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Zlatan Ibragimovich "Milan"ga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor ta’kidladi.

"Men har doim "Milan" muxlisi bo‘lib qolaman, chunki "Milan" menga nimalar berganini hech qachon unutmayman. Ular menga baxt, ikkinchi qaytishimda esa muhabbat hadya qildi. Men o‘zimdan 20 yosh kichik futbolchilar bilan birga o‘ynadim.

Xayrlashuv marosimi ham o‘ziga xos bo‘lgan. Chunki oldindan stsenariyni ko‘rsatishganida: "Hech narsa bilgim kelmaydi, his-tuyg‘ular tabiiy bo‘lishi kerak", deganman. Bu oson bo‘lmadi", — deya eslab o‘tdi shvetsiyalik sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq hujumchi 2023 yili jamoa bilan futbolchi sifatida xayrlashgan edi. Hozirda u klub direktorining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!