Ibragimovich yana A Seriyaga qaytishi mumkin

  • 17 oktabr, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.

La Nazione nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 38 yoshli shvetsiyalik futbolchini "Fiorentina" o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, “binafsharanglilar” mavsum avvalida 36 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi Franka Riberini o‘z tarkibiga qo‘shib olishgan edi.

O‘z navbatida Ibragimovichning AQSh klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabrida o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u mavsumlar oralig‘ida Evropa futboliga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich A Seriyada "Yuventus", "Inter" va "Milan" kabi klublarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!