Ibragimovichning tizzasi shifokorlarni hayratga soldi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvoffaqiyatli kechdi. Bu haqda shvetsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola xabar berdi. Agentning so‘zlariga ko‘ra shifokorlar Ibraning tizzasini ko‘rib hayron qolishgan.
“Uning tizzasi shu qadar baquvvat ekanki, shifokorlar shu paytgacha bunaqasini ko‘rmagan ekan. Yigirma yillik futbolchilik faoliyatidan so‘ng tizzani bunday holda saqlanishi deyarli mumkin emas. U zarracha ham shikastlanmagan toza holatda.
Xatto, shifokorlar Zlatandan sog‘ayib ketganidan so‘ng, uning oyoqlarini o‘rganishni so‘rashdi u esa bunga o‘z roziligini berdi”, - deydi Rayola Expressen nashriga bergan intervyusida.



Fikrlar