
Ibrohimovich: Hozir dunyoda undan zo‘ri yo‘q!
“Milan”ning 40 yoshli hujumchisi Zlatan Ibrohimovich ayni paytdagi darvozabonlar orasida eng zo‘ri qaysi ekanini aytdi.
- PSJ bosh murabbiyiga oson emasligini yaxshi bilaman.Men Keylor Navas bilan tanish emasman, lekin u zo‘r darvozabon. Parijliklarda ikkita zo‘r golkiper bor. Lekin men uchun hozirgi paytda eng yaxshi darvozabon bu Janluiji Donnarumma. Bu erda bahslashish ortiqcha, chukni dunyoning eng kuchli posboni. Men u bilan o‘ynaganman va nimalar deyotganimni juda yaxshi bilaman, - dedi Zlatan Ibrohimovich.
“Milan” tarbiyalanuvchisi Janluiji Donnarumma yozda Evropa chempionatining eng zo‘r o‘yinchisi, deb topilgan edi. Milanliklar bilan shartnomasi yakunlangani bois, erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzoladi.
Uning parijliklar bilan bitimi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Parij klubida Donnarumma asosiy posbonga aylana olmadi. Maurisio Pochettino asosan kosta-rikalik Keylor Navasga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar