
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev "Qayrat"da qaysi raqamni tanladi?
Rossiyaning "Nijniy Novgorod" klubini tark etib, Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev yangi klubidagi mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Legionerimiz “Qayrat” safida qaysi raqamni tanlaganini ham aytdi. Bu xususida u shunday dedi:
“Klubda 3-raqamni oldim. Birinchi bo‘lib 6-raqamni olmoqchi edim. Ammo band bo‘lgani uchun 3-raqamda o‘ynaydigan bo‘ldim”, - deydi futbolchi Sports.uz saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar