
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: Raqibdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik, deb o‘ylayman
"Paxtakor" klubi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev OChL 2-turi doirasidagi "Eyr Fors"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi:
"Birinchi bo‘limda katta tashabbusga ega bo‘ldik. Bir necha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik, lekin ulardan foydalanishda kamchiliklar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim oxirlarida ham ko‘p hujumlar uyushtirdik. Raqibdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik, deb o‘ylayman.
Endi navbatdagi bellashuvga tayyorlanamiz. "Sharja" bilan o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz. Ikki durangdan so‘ng ko‘proq ishtiyoq bilan mashg‘ulotlarda ishlab, yutuqqa erishishga harakat qilamiz", - dedi Yo‘ldoshev.
Fikrlar